empty
 
 

Stok-market (AQShda) va Foreks bozori bir-biridan qator farq qiluvchi jihatlarga ega. Rossiyada stok-marketni aksiyadorlik bozori deb atash ham qabul qilingan. Bu ikki bozor o'rtasidagi farq nimada?

1. Stok-marketda ish Nyu-York vaqti bo'yicha ertalab soat 9.30 dan boshlanadi va 16.00 gacha davom etadi. Shuning uchun bitimlarning ko'proq qismini kunduzi amalga oshiruvchi treyderlar sutkaning bu vaqtida stok-marketda faol savdo qila olmaydilar. Undan farqli ravishda, Foreks bozori kunu-tun ishlaydi (shanba-yakshanbadan tashqari, bu kunlari savdo olib borilmaydi), bu esa treyderga bozorga moslashib o'tirmasdan o'zi uchun savdo qilishga eng qulay va to'g'ri keladigan vaqtni tanlashga imkon beradi.

2. Stok-marketda turli kompaniyalarning minglab aksiyalari bilan savdo olib borilgani sababli qanday kompaniyalarning va qaysi aksiyalarning narxlari o'sishi yoki aksincha kamayishi mumkinligini oldindan bilish yoki bashorat qilish juda murakkab yoki amaliy jihatdan mumkin ham emas. Shuningdek, ularning barchasi bilan mufassal tanishib chiqishning ham imkoni yo'q. Shuning uchun ham kuzatish mumkin bo'lgan kompaniyalarning ulkan to'plamidan keyinchalik kuzatish uchun birorta asosiylarini tanlab olish ham murakkab vazifa bo'lishi mumkin.

Birok Foreksda ko'pchilik hollarda, narxi AQSh dollarlarida bo'lgan bir qancha aniq valyutalar bilan savdo amalga oshiriladi. Shuningdek bu valyuta juftliklarining dollarga nisbatan va bir-biriga nisbatan qiymati iqtisodiy voqealar va yangiliklarning ta'siriga stok-martetdagi kompaniyalar aktsiyalaridan farqli ravishda ancha kuchliroq ta'sir ostida bo'ladi.

Qiziqtiruvchi mamlakatlar ichidagi ishlarning holatiga ta'sir ko'rsatuvchi ob'ektiv iqtisodiy omillarni tahlil qilish ancha oson, chunki iqtisodiy yangiliklar ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilib turilishi tufayli doim erkin foydalanishda mumkin bo'ladilar.

3. Mamlakat iсhkarisida iqtisodiy vaziyat yomonlashgan va bozor doimiy tanazzulga yuz tutgan vaqtlarda stok-marketda savdo qiluvchi investorlar murakkab vaziyatga tushib qolishadi. Bunday paytlarda ularning daromadi juda achinarli darajada tushib ketadi, ayrim hollarda esa agar investor o'yinni pasaytirishga tomon olib borishi uchun brokerdan qarza pul olmaguncha hatto nolgacha ham tushib qolishi mumkin. Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi sababli u o'sgandan so'ng albatta pastga tushish vaqti keladi, uning davomiyligi bir necha oydan bir necha yilgacha o'zgarishi mumkin.

Bu vaqtda Foreks bozorida, stok-marketdan farqli ravishda, treyderlar narxi oshib borayotgan valyutani sotib olib va narxi tushib borayotgan valyutani sotib, savdoni amalga oshirishadi. Mana shu Foreks valyuta bozorida savdo olib borishning va undan foyda olishning asosiy tamoyilidir.

Foreks valyuta bozorining bir qator ijobiy jihatlariga qaramay stok-market aksiyalar bozoriga nisbadan bu erda yuz foizli yutuqqa hech kim kafolat bera olmaydi. Stop-marketdagiga o'xshash, bu erda ham o'zining barcha mablag'larini yo'qotish ehtimoli bor.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок