empty
 
 

Samarali Foreks-ta'lim: afsonami yoki haqiqat?

Yildan yilga dunyodagi treyderlar soni ortib bormoqda. Va shu bilan birga, Foreks valyuta bozorlarida ma'lum xizmatlarini ko'rsatishga talab va takliflar ham ortmoqda. Mavjud ta'lim loyihalaridan har biri qisqa muddatlar ichida valyutalar kurslari orasidagi farqda ishlab pul topishni o'rgatishni va investitsiyalardan foyda olishni o'rgatishni va'da qiladi. Bu va'dalar haqiqatmi yoki o'zicha tortuvchi takliflar - faqat marketing yo'limi?

Foreksda o'qitish deganda treyder sifatida ongli ishlash uchun yetarli bo'lgan tayanch bilimlarni beruvchi butun bir qator ta'lim servislari va xizmatlari tushuniladi. Yirik brokerlik InstaForeks kompaniyasi servisi misolida bozorda mavjud bo'lgan takliflarni ko'rib chiqamiz, bu kompaniya qulay savdo sharoitlaridan tashqari o'z mijozlariga sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etadi.

SHARES jurnali (2011 yil, Oktabr)

Foreks-tredingning umumiy tushunchalari, bozor strategiyalari, texnik va fundamental tahlil, shuningdek savdo terminali bilan ishlash bo'yicha qadam baqadam yo'riqnomalar InstaForeks kompaniyasining rasmiy saytidagi matnli va videomateriallarda bayon qilingan. Bu ma'lumotnoma tarzidagi adabiyotlarning o'ziga xos kutubxonasi bo'lib, u yerda o'quvchilar o'zlari bilim olishlari uchun murojaat qilishlari mumkin.

Har qanday o'quv muassasasida mustaqil o'rganish uchun yo'nalishni o'qituvchi yoki muallim, ya'ni o'z bilim sohasi professionali beradi. Foreksda savdo qilishga o'rgatishda bu maqsadda ofislardagi seminarlar yoki treninglarda yoki Internet tarmog'idagi vebinarlarda ishtirok etish mumkin. Trening va konsultatsiyalarni brokerning vakolatxonasi ofislarida, to'la formatli kurslarini esa yakka tartibda yoki guruhda - Moskvadagi filialda o'tkazish mumkin. Oliy o'quv yurtlaridagi ma'ruza mashg'ulotlaridan bunday mashg'ulotlar amaliy tashkil etuvchisi bilan farq qiladi. O'qitishning birinchi kunidayoq har bir darsda amaliyotga ma'lum vaqt ajratiladi. Parta ortida o'tirishga imkoniyati yoki vaqti bo'lmaganlar uchun vebinarlar va onlayn-konferensiyalar o'tkaziladi, ularda uydan chiqmasdan turib Internet vositasida ishtirok etish mumkin.

Bugungi kunga kelib onlayn o'qitish juda ommabop bo'lib qolgan. Ehtimol, bu video-konferens-aloqa vositasida o'tkaziladigan interfaol veb-seminarlar zamonaviy o'qitish metodikalari va Internet texnologiyalaridan foydalanishga imkon bergani uchundir. O'quvchilar o'qituvchiga savollar berishlari mumkin, chat yordamida bir-birlari bilan kuzatuvlarini va mulohazalarini o'rtoqlashishlari mumkin, o'qituvchi esa o'z navbatida, slaydli taqdimotlar, jadvallar, grafiklar va tasvirlar kabi ko'rsatmali materiallardan foylashanishi mumkin. Treydingga onlayn mashg'ulotlar holida o'qituvchi shuningdek kafedradan uzoqlashmagan holda hozirgina o'rganilgan nazariy materialni almada namoyish qilishi mumkin. Ya'ni hisob-varag'ini ochishi va bitimni tuzishi mumkin, keyin esa treyderlarga shuning o'zini uning rahbarligida bajarishni taklif etishi mumkin.

Amaliyot to'g'risida gapirib, namoyish qilinadigan hisob-varaqlari to'g'risida eslatish maqsadga muvofiq. InstaForeks kompaniyasida o'qitishdan o'tgandan so'ng "jangovor" hisob-varag'ida savdo qilish tavsiya etilmaydi. Dastlab broker o'quv, namoyish qilinadigan hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazishni tavsiya etadi, bu hisob-varag'i virtual pul mablag'lariga bitim tuzishga va savdoda malaka orttirishga imkon beradi. Albatta, professional malakalarni shakllantirib, virtual hisob-varaqlariga ishlash foydalidir, biroq har qanday o'qish kabi bu kamdan kam hollarda qoniqish keltiradi. Kompaniyada o'quv hisob-varag'idan savdo qilishda rag'bat sifatida demo-hisob-varaqlarida tanlovlar seriyasi amal qiladi, bunday tanlovlar g'oliblariga haqiqiy savdo hisob-varaqlariga pul depozitlari o'tkaziladi. InstaForeks kompaniyasining umumiy sovrin jamg'armasi yarim million dollardan ortadi.

Shunday qilib, Foreksda treyding sohasida ta'lim xizmatlari bozorining yetarlicha boyitilganlini ko'rish mumkin. Vakolatxonada mashg'ulotlarga yoki vebinarlarga qatnashgandan so'ng bozorda ishlashdan yuqori daromad olishga hech kim kafolat bera olmaydi, albatta. O'qishdan so'ng katta pul to'lanadigan ishga joylashish kafolatini o'quv muassasalari ham bermaydi. Pirovardida, hammasi odamning o'ziga, unga berilgan imkoniyatlarni u qanady amalga oshirganiga bog'liq.

Shares jurnali, 2011 yil, oktabr

Orqaga



Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок