Internet va aloqa vositalarining doimiy ravishda rivojlanishi tufayli Foreksda internet orqali savdo qiluvchi treyderlar uchun axborot borgan sari ko'proq foydalanish uchun qulay bo'ladi. Shuning uchun ko'pchilik treyderlar investorlar singari ko'pincha eng yangi axborot, tahliliy sharhlar va boshqa axborotlar chiqishini kuzatib borib, foydani olishga o'z imkoniyatlarini oshirishni taxmin qilishadi. Lekin bu butunlay bunday emas.
Yangiliklarga katta ahamiyat berish juda ko'p moliyaviy yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin. Nima uchun shunday bo'ladi? Bu masalani sinchiklab ko'rib chiqmasdan turib uning haqiqiy sababini aniqlash juda qiyin. Shuning uchun yanada mufassal tahlil o'tkazamiz:
Deyarli har bir endi ish boshlagan treyderga savdoda yangiliklarni qo'llash albatta foyda keltiradi deb o'ylaydi, ammo bunday fikr xato fikrdir.
Yangiliklarda ularning ta'sirida bozorda yuz beradigan o'zgarishlar to'la darajada aks etadi deb hisoblanadi. Biroq, odatda bu fikr hech narsa bilan mustahkamlanmagan, valyutaning unga ta'siri esa ko'pchilik hollarda kutilayotgandan juda kuchli farq qiladi.
Albatta, talab va taklif bo'yicha asosiy qoidalar bozor uchun sezilarsiz o'tmaydi, shu bilan birga ularning harakatida mantiq yo'q.
Valyuta juftligi boradigan yo'lni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: "talab va taklifbo'yicha bosh tamoyillar = investorning psixologiyasi = bozorning harakati". Investorlarga kelsak, u holda bu yerda belgilab beruvchi omil ularning (mazkur holda bular ostida treyderlar tushuniladi) yangiliklarning muhimligini emas, balki ulardan ta'sirlanishi hisoblanadi.
Yangiliklarning ahamiyatini pasaytiruvchi bosh sabab bozorning o'zi hisoblanadi. Shu sababga ko'ra yangiliklar bilan savdo qilish amalda haqiqatdan uzoq bo'lib qolmoqda. Xususan, u yoki bu yangilik qachon chiqishi to'g'risida va u bozorga qanady ta'sir ko'rsatishi mumkinligini oldindan bilib, investorlar u e'lon qilinguncha harakat qila boshlashadi. Va shuning uchun ham yangilik chiqqanda bozorning undan ta'sirlanishi zo'rg'a sezilarli bo'ladi yoki umuman bo'lmaydi, chunki hammasi narx bilan hisobga olinadiyu. Shuningdek, odamlarning xususiyati to'g'risida ham yoddan chiqarmaslik kerak bo'lib, u chiqayotgan yangiliklarning butun muhimliginining haqiqiy manzarasini ko'rsatadi.
Yangiliklar vaqtida savdoga ta'sir ko'rsatuvchi yana bir sabab - savdodagi muhim bir momentni - intizomni buzuvchi inson hissiyotlaridir. Jumladan tahlil ham xar doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Ochiq bitimlarni yopish maqsadga muvofiq bo'ladigan vaziyatlarda treyder bu ishni qilmaydi, chunki tahlilchilarning xabarlariga ko'ra tez orada katta harakat bo'lishini va'da qilishadi.
Shu bilan birga, yangiliklarni butunlay mensimaslik ham to'g'ri bo'lmaydi. Bozor maksimumlari ko'pincha yangiliklardan so'ng optimistik bashoratlar bilan paydo bo'lishi, minimumlar esa, aksincha, hech nimani va'da qilmaydigan yangiliklardan so'ng paydo bo'lishi hammaga ma'lum holat hisoblanadi.
Yakun yasaymiz. Katta mablag'ga ega bo'lmagan, asosiy juftliklar bilan savdo qiluvchi treyderlarga yangiliklar bilan savdo qilishdan foydalanmaslik, uning o'rniga savdoning intizomli tizimidan foydalanish to'g'ri qaror bo'ladi. Buning sababi barcha yangiliklarni tizim hisobga oladi. Ular shuningdek har qanday savodli savdo tizimining majburiy qismi hisoblangan texnik tahlilga ham kiradi.