empty
 
 

Mazkur valyuta juftligi bo'yicha bitimlarga kiritilgan pul mablag'larining bitimlarga kiritilgan mablag'larning umumiy sonidan foiz

U yoki bu valyuta juftligi bo'yicha pozitsiyalar hajmi bozordagi barcha pozitsiyalarni hisobga olgan holda juftlikda ishtirok etuvchi mablag'larning hajmini ko'rsatadi. Valyuta juftligi bo'yicha pozitsiyalar hajmi indikatori valyuta juftligining (buqalar va ayiqlar) ham xaridorlari, ham sotuvchilarining umumiy kiritilgan mablag'lari darajasini, ya'ni bozorning ayni paytdagi hajmini kuzatishga yordam beradi. Valyuta juftliklari bo'yicha pozitsiyalar hajmi valyuta juftliklari bo'yicha bitimlar sonining ko'rsatkichi bilan birga Foreks-treyderlarning aniq bir valyuta juftligi bo'yicha savdolarda manfaatdorligini ko'rsatadi.

Valyuta juftligi bo'yicha yig'indi hajmi ko'rsatkichining afzalligi bitimlar soniga bog'lanmagan holda haqiqiy hajm to'g'risidagi axborotni olish imkoniyati hisoblanadi, chunki hajmi 100 lotga teng pozitsiya 1 lot bo'yicha 5 ta bitimga qaraganda bozorga ko'proq ta'sir qiladi.

Valyuta juftligi bo'yicha pozitsiyalar hajmlarining tushib ketishi o'yinchilarning mazkur valyuta juftligiga qiziqishning pasayishini va yon tomonga harakating ehtimolliligini anglatadi.

InstaForeksdan MetaTrader terminalida mazkur statistikaning ko'rinishi XXYYYYYYY simvoli ko'rinishida keltirilgan, bunda XX quyidagi qiymatlarga ega:

EURUSD uchun XX=EU
GBPUSD uchun XX=GU
USDCHF uchun XX=UC
USDJPY uchun XX=UJ
USDCAD uchun XX=UD
EURCHF uchun XX=EC
EURJPY uchun XX=EJ
GBPCHF uchun XX=GC
GBPJPY uchun XX=GJ

Simvolni akslantirish uchun InstaForeks kompaniyasidan MetaTrader 4 savdo terminalida Bozor sharhida o'ng tugmachani bosish va "Hamma simvollarni ko'rsatish" menyusining bandini tanlab olish zarur.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок