empty
 
 

Turli vaqt oraliqlarida valyuta xarid qilingan va sotilganligi asosida buqalar va ayiqlar kirishining o'rta nuqtalari ko'rsatkichi o'rtacha statistik darajalarni tavsiflaydi. O'rtacha kirish nuqtalarining qiymatilarini hisoblashda joriy paytda barcha ochiq pozitsiyalar ularning miqdori va lotlarini hisobga olgan holda qo'llaniladi.

Odatda, buqalarning o'rtacha kirish nuqtalarining qiymati valyuta juftligining bozor kursi joriy qiymatidan yuqori bo'ladi, ayiqlarning kirish nuqtasining o'rtacha qiymati, aksincha, Forex bozorida valyuta juftligining joriy bozor narxidan past bo'ladi.

Agar valyuta juftligining joriy bozor kursi ayiqlarning (valyuta juftligi sotuvchilarining) o'rtacha kirish nuqtasidan pastda joylashgan bo'lsa, kurs pasayishining shakllanib bo'lgan trendi to'g'risida gapirish mumkin.

Agar valyuta juftligining joriy bozor kursi buqalarning (valyuta juftligi xaridorlarining) o'rtacha kirish nuqtasidan yuqorida joylashgan bo'lsa, kurs ko'tarilishining shakllanib bo'lgan trendi to'g'risida gapirish mumkin.

InstaForeksdan MetaTrader terminalida mazkur statistikaning ko'rinishi XXYYYYYYY simvoli ko'rinishida keltirilgan, bunda XX quyidagi qiymatlarga ega:

EURUSD uchun XX=EU
GBPUSD uchun XX=GU
USDCHF uchun XX=UC
USDJPY uchun XX=UJ
USDCAD uchun XX=UD
EURCHF uchun XX=EC
EURJPY uchun XX=EJ
GBPCHF uchun XX=GC
GBPJPY uchun XX=GJ

Simvolni akslantirish uchun InstaForeks kompaniyasidan MetaTrader 4 savdo terminalida Bozor sharhida o'ng tugmachani bosish va "Hamma simvollarni ko'rsatish" menyusining bandini tanlab olish zarur.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок