empty
 
 

Ma`lumotlar massivi segmentlarga bo`lingan, ularning har biri grafik ko`rinishda berilgan. Sizda bir yoki bir nechta valyuta juftliklarini ko`rsatish uchun taymfreym va boshqa parametrlarni tanlab grafiklarni sozlash imkoniyati mavjud.


Bozor statistikasining turlari


Valyuta juftligi uchun bitimlar miqdori

Mazkur bo`limda taqdim etilgan grafik asosiy valyuta juftliklari bo`yicha bitimlar miqdorining o`zgarishini ko`rsatadi. Mazkur ko`rsatkich valyuta vositasi bo`yicha Foreksdagi savdo hajmlarining eng aniq indikatori hisoblanadi.

Pozitsiyalar yig`indisi

Mazkur bo`limda istagan vaqt uchun Foreksdagi pozitsiyalarning yig`indisi tarixiy ma`lumotlari keltirilgan. Chop etilgan grafik lot hajmini hisobga olgan holda mazkur valyuta juftligi bo`yicha bitimlar miqdorining yig`indisi ko`rsatkichi o`zgarishini ko`rsatadi.

Pozitsiyalar hajmi

Foreksda valyuta juftligi bo`yicha pozitsiyalar hajmi valyuta bozorida investitsiyalarning jami miqdoriga tegishli mazkur juftlikka kiritilgan mablag`lar darajasining ishonchli ko`rsatkichi hisoblanadi. Bo`limdagi ma`lumot bozor volatilligini prognoz qilish imkonini beradi.

Kechiktirilgan orderlar soni

Umumiy bitimlar sonidan foiz hisobida ko`rsatilgan kechiktirilgan orderlarning ko`rsatkichi mazkur valyuta juftligi trend harakatining boshlanish vaqtida bozorning qiziqishi haqida gapiradi. Kechiktirilgan orderlarning katta miqdori bozorni pozitsiyalarga kirish tayyorligi haqida dalolat beradi.

Buqa bitimlarining foizi

Buqa bitimlarining yuqori foizi narx o`sishiga treyderlarning kutishlari haqida gapiradi, past foizi esa - sotib olishlar hajmining qisqarishi haqida gapiradi. Ko`rsatkich bozor kayfiyatlari va haqiqiy narx harakatlarining bog`liqligini kuzatish imkonini beradi.

Ayiqlar va buqalarning o`rtacha kirish nuqlari

Bo`limdagi grafikda ko`rsatilgan o`rtacha kirish nuqtalari sotib olish yoki turli vaqt davrlarida valyutani sotishning o`rtacha narxlari bo`licha hisoblanadi. Mazkur ko`rsatkich valyuta vositasining o`ta sotib olinganlik yoki o`ta sotilganlik darajalarini aniqlash imkonini beradi.

Buqalarning kechiktirilgan ordelari

Sotib olishga kechiktirilgan orderlarning egri chiziqlari yaqin qo`llab-quvvatlash chiziqlari va vaqtning ma`lum bir vaqtiga mazkur valyuta bo`yicha yorib o`tish haqida tushunishni beradi. Ko`rsatkich kelgusi o`sish yoki uni to`xtashi haqida prognoz qilishga imkon beradi.

Ayiqlarning kechiktirilgan orderlari

Sell Limit va Sell Stop kechiktirilgan orderlar bo`yicha ma`lumotlar grafigi valyuta juftligining pasayuvchi harakatining qarshilik ko`rsatish va davom etishning shakllangan darajalari kanalining joriy chegaralarini ko`rishga imkon beradi. Ko`rsatkich trendning kelgusi harakatiga tegishli xulosalarni qilishga imkon beradi.

O`rtacha og`irlashtirilgan kirish nuqtasi

Mazkur valyuta juftligi bo`yicha va barcha ochilgan pozitsiyalar bo`yicha o`rtacha og`irlashtirilgan kirish nuqtasi kurs qiymati bilan solishtirilganda trendning kuchi, uning tugashi yoki davom etishi, shuningdek yon tomonga harakatning mavjudligi to`g`risida xulosa qilishga imkon beradi.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок