empty
 
 

Treyling-stop — bu order bo'lib, uning asosiy funksiyasi narxning harakatiga bog'liq holda stop-loss darajasini doimiy ravishda o'zgartirgan holda ochiq pozitsiyani avtomatik kuzatish hisoblanadi.

Ishlash prinsipi

Treyder pozitsiyani trendni oshishi tomoniga ochadi va joriy narxdan treyling-stopgacha bo'lgan masofani punktlarda beradi. Agar narx yuqoriga tomon ko'tarila borsa, treyling-stop berilgan masofaga amal qilgan holda uning ketidan avtomatik ravishda "tortilib boradi". Agar narx pasaysa, u holda treyling stop kotirovkasi joyida qoladi.
Shunday qilib, treyling-stopdan foydalanuvchi treyder qo'yilgan Take Profit qiymatidan chegaralanmasdan narx yuqoriga tomon harakatlanganda maksimal foyda olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, treyling-stop zararlarni chegaralagich hisoblanadi.

Misol uchun, treyder xarid qilishga 1.3400 narx bo'yicha pozitsiyani ochadi va treyling-stop qiymatini 50 punktga orqaga qilib ko'rsatadi, ya'ni 1.3350. Agar narx yuqoriga qarab chiqa boshlasa va 1.3400 qiymatdan ortadigan qiymatga etsa, treyling-stop joriy narxdan 50 punktga teng ko'rsatilgan masofani saqlab qolib, uning ketidan avtomatik ravishda harakatlanadi. Ya'ni, agan narx 1370 belgisida turgan bo'lsa, treyling-stop 1320 qiymatgacha "tortilib boradi".
Agar narx pastga tomon borsa, treyling-stop o'z holatini o'zgartirmaydi.

Agar sotishga pozitsiya ochilsa, treyling-stop o'zini aniq ravishda aksincha tuta boshlaydi. Treyder uni ma'lum miqdordagi punktga yuqoriga qo'yadi. Narx tushganda, treyling-stop ham berilgan qiymatga mos holda siljiydi. Narx ko'tarilganda, treyling-stop joyida qoladi.

Treyling-stopdan Foreksda ishlashda foydalanib, treyderga stop-loss orderini bitim bo'yicha foyda ortib borggani sari qo'lda siljitishga to'g'ri kelmaydi. Treyling-stop stop-lossni treyder uchun zarur darajada avtomatik ravishda o'rnatadi.

Treyling-stop ko'pincha trendlar bo'yicha savdo qilish bilan shug'illanadigan, ammo narxning harakatini doim kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'lmagan treyderlar tomonidan foydalaniladi. Shuningdek kun ichidagi savdoda, har qanday narx harakatiga tezkor aks ta'sir zarur bo'lgandi treyling-stopning qo'llanilishi maqsadga muvofiqdir.

Shuni yodda tutish muhimki, treyling-stop faqat savdo terminali ishga tushirilgan holdagina ishlaydi. Terminal o'chirilganda stop-loss joriy holatida qayd qilinib qoladi.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок