Pulning qadrsizlanishi va o'z faoliyatini 1970 yillarda to'xtatgan "Oltin standarti"ning kiritilishi mavzusi borgan sari ommalashib bormoqda. Ekspertlar muvozanatli monetar tizim foydasiga ishonchli dalillarni keltirib, bu jiddiy qadamning aniq kamchiliklarini yoddan chiqarishadi, ulardan eng asosiysi odatdagi chet el valyutalari bozori mavjud bo'lmasligi bo'ladi. Axir, aynan standartdan voz kechish FOREXning tashkil topishiga olib keldi.
Farqni ilg'ab oling
FOREX — qisqa muddatli bozor, unda ishlayotgan savdogar qiymatlar kurslaridagi o'zgarishlardan foyda olishga intiladi. Bitimning maksimal muddati, masalan, aksiyalar bozoridagi investitsiya qilishning 5-7 yillik muddatlariga qaraganda bir necha oy bilan cheklanadi.
Chet el valyutalar bozori markazlashmagan xususiyatga ega va unda savdo qilish ishlari iqtisoslashtirilgan dasturiy ta'minot vositalari bilan turli xil banklar tomonidan olib boriladi. Xususiy shaxslarning ko'pchiligi uchun banklararo bozorga kirishga buyurtma berilgan, chunki bitimning standart miqdori 100 mingdan 1 mln. dollargachani tashkil etadi. Bank bilan savdogar o'rtasida vositachi sifatida dilerlar markazi (DM) ishtirok etadi.
Barcha chet el valyutalari AQSh dollarida verguldan keyin 4 ta raqamgacha kotirovka qilinadi. Masalan, EUR/USD valyuta juftligining kotirovkasi bunday ko'rinishda bo'ladi: 1,2836. Kotirovkaning standart o'zgarishi 1 tikni yoki 4-belgidan 1 birlikni tashkil etadi.
1,2836 kotirovka 100 000 yevroni sotib olish uchun 128 360 dollar to'lash kerakligini anglatadi. Kotirovkani ko'tarilish tomonga 1 tikka o'zgartirish mijozdan endi 128 370 dollarni ya'ni 10 dollar ortiqni talab etadi.
Zamonaviy texnologiyalar treyderlarga bozorga kirishda xatolikni kamaytirish imkonini yaratib, kotirovkalar bilan verguldan keyin 5 ta belgigacha aniqlikda ishlashga imkon beradi. InstaForeks kompaniyasining mijozlari bozorda mumtoz to'rt xonali kotirovkalar bilan ham, 5 belgili kotirovkalar bilan ham savdo qilishlari mumkin.
To'g'ri va teskari valyuta juftliklari. Kross-kurslar
Barcha chet el valyutalari kurslari bir chet el valyutasi birligi uchun AQSh dollarida kotirovka qilinadi. Biroq savdo terminallarida to'g'ri va teskari kotirovkalarni, shuningdek valyuta juftliklari deb ataladigan kross-kurslar kotirovkalarini ham uchratish mumkin. To'g'ri kotirovka deb chet el valyutasining AQSh dollaridagi kotirovkalariga aytiladi. Bunday kotirovkaning suratida chel el valyutasining ramzi turadi, maxrajida esa amerika dollari ramzi turadi.
Masalan, EUR/USD – yevroning AQSh dollaridagi kotirovkasi. U 1 yevro uchun to'lash kerak bo'ladigan amerika dollari miqdorini anglatadi. Bunday kotirovka to'g'ri valyuta juftligi deb ataladi. To'g'ri valyuta juftliklariga shuningdek britaniya funti – GBP/USD, avstraliya dollari – AUD/USD, yangi zelandiya dollari – NZD/USD kotirovkalari kiradi. Treyder to'g'ri valyuta juftligini sotib olganda, u chet el valyutasini sotib oladi va AQSh dollariga sotadi.
Teskari valyuta juftligi deb chet el valyutasi atamalarida ifodalangan AQSh dollari kotirovkasiga aytiladi. Bunday kotirovkaning suratida AQSh dollari ramzi bo'ladi, maxrajida esa chet el valyutasidagi ramzi bo'ladi. Masalan, USD/CAD – AQSh dollarining kanada dollaridagi kotirovkasi 1 amerika dollari uchun to'lash zarur bo'lgan kandada dollari miqdorini anglatadi. Teskari valyuta juftliklariga shuningdek USD/JPY – AQSh dollarining yapon ienalaridagi qiymati, USD/SEK – AQSh dollarining shved kronalaridagi qiymati, USD/CHF – AQSh dollarining shveysariya franklari hisobidagi qiymati. Treyder teskari valyuta juftligini sotib olganda, u AQSh dollarini sotib oladi va chet el valyutasini sotadi. Treyder teskari valyuta juftligini sotganda, u AQSh dollarini sotadi va chet el valyutasini sotib oladi.
Chet el valyutasining chet el valyutasi atamasidagi kotirovkasi kross-kurs deb ataladi. Barcha chet el valyutalari AQSh dollarida kotirovka qilingani uchun o'z mohiyatiga ko'ra kross-kurslar AQSh dollari orqali qayta hisoblangan chet el valyutalari kotirovkalarini aks ettiradi. Eng ommabop kross-kurslar yapon ienalarida va shveysariya franklarida nominatsiya qilingan chet el kotirovkalari hisoblanadi. EUR/JPY – yapon ienalarida ifodalangan evro kotirovkasi; GBP/JPY — yapon ienalarida ifodalangan britaniya funti; CHF/JPY — yapon ienalarida ifodalangan shveysariya franki; GBP/CHF – shveysariya franklarida ifodalangan britaniya funti; shuningdek EUR/CHF – shveysariya franklarida ifodalangan yevro.
2011 yil Shveysariyaning Milliy banki Shveysariya frankining yevroga nisbatan chegaraviy kursini 1 EUR uchun 1.20 CHF doirasida belgilagan edi, bu FOREX bozorida frankning aylanishini ancha kamaytirdi va shveysariya franklarida nominatsiyalangan chet el valyutalarining kross-kurslarining ommabopligiga ta'sir ko'rsatdi.
Valyuta kross-kurslarining narxini belgilash quyidagi formulaga ko'ra amalga oshiriladi:
FOR/FOR = FOR/USD * USD/FOR, bu yerda FOR – chet el valyutasi.
Majorlar, tovar valyutalari, gulkaram va AQSh dollarining indeksi
Turli xil mamlakatlarning oltinvalyuta zaxiralariga kiruvchi asosiy valyutalar AQSh dollari, yevro, britaniya funti va yapona ienasi hisoblanadi.Bu to'rtta valyuta majorlar deb ataladi, u ingliz so'zi «major» — asosiy degan ma'noni anglatadi.
Kuchli, lekin muomalada bo'lishi cheklangan valyutalar kanada (CAD) va avstraliya (AUD) dollarlari hisoblanadi. Bu valyutalar «tovarli» nomini xomashyoga bo'lgan narxlarning o'zgarishiga kuchili ravishda bog'liq bo'lgani uchun olishgan. Shuningdek, tovar valyutalariga NZDni ham kiritish mumkin.
Cheklangan tarzda muomalada bo'ladigan, barqaror, ammo mintaqaviy valyutalarga rossiya rubli (RUB), shved (SEK), norvegiya (NOK), daniya (DKK) kronasi, singapur dollari (SGD), turkiya lirasi (TRY), xind rupiyasi (INR), janubiy afrika randi (ZAR), janubiy koreya voni (KRW), polshaning zlotiyi (PLN) kiradi. Treyderlar bu valyutalarni ko'pincha gulkaram deb atashadi.
Kursni Xitoy Xalq Banki o'rnatadigan xitoy yuani (CNY) erkin muomaladagi valyuta bo'lib hisoblanmaydi.
AQSh dollarining indeksi amerika dollarining chet el valyutalari korzinasiga nisbatan qiymatini aks ettiradi. AQSh dollari indiekslarining bir necha turlari farq qilinib, ular turli xil formulalar bo'yicha hisoblanadi. AQSh dollarining klassik indeksi deb ataluvchi indeks oltita chet el valyutasi: yevro, yapon ienasi, britaniya funti, kanada dollari, shved kronasi va shveysariya frankidan iborat korzinaga nisbatan qiymatni foizlarda ko'rasatadi. 100% uchun AQSh dollarining 1973 yil holati bo'yicha qiymati qabul qilingan. Savdo qilish uchun InstaForeks kompaniyasi taklif etadigan valyuta juftliklari ro'yxati bilan "Bitim tavsifi" bo'limida tanishish mumkin.
InstaForeks-nasihat:
Ishni endi boshlagan treyderlarga valyuta-majorlarga va tovar valyutalariga e'tiborlarini qaratishlari lozim. Tajriba ortgandan so'ng vositalar korzinasiga asta-sekin kross-kurslarni va ommabopligi kamroq bo'lgan valyutalarni ham qo'shish mumkin. Bu kross-kurslarning narxini belgilash murakkabligi va hammabopligi kamroq darajada bo'lgan valyutalarning katta spredlari bilan bog'liq. Valyuta bozorlarida juda faol savdo yevropa va amerika savdo sessiyalarida yuz beradi, ya'ni 12:00 dan 00:00 gacha (UTC+4).
Kredit yelkasi
FOREX bozori — bu kotirovkalar uncha katta o'zgarmaydigan bozordir. Valyuta kurslarining haftalik tebranishlari 0.5-2% oralig'ida bo'lib, kredit yelkasidan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Chet el valyutalari kotirovkalarini barklararo bozordan oluvchi dilerlik markazlari o'z mijozlariga garov kiritishni va kredit yelkasini 1:1 dan 1:500 gacha belgilashni taklif etadilar.
FOREXda standart elka 1:100 nisbat hisoblanadi, u 1 000 dollar garov puli qo'yilganda 100 000 dollargacha bo'lgan miqdorda xarid qilish va sotishga pozitsiyani ochishga imkon beradi. Bu katta mablag' hisoblanadimi? Agar Siz EUR/USD valyuta juftligi bilan ishlayotgan bo'lsangiz, uning kotirovkasi bir sutkada nazariy jihatdan 100 tik o'zgarishi mumkin bo'lib, bunda yelka 1:100 bo'lganda bitimning turiga bog'liq holda Siz bir kun ichida 1 000 dollar ishlab topishingiz yoki yo'qotishingiz mumkin. Yuqoridagi darajadagi xatarni kamaytirish uchun yoki kredit yelkasi o'lchamini kamaytirish kerak yoki ochiladigan pozitsi o'lchamini kamaytirish kerak.
InstaForeks kompaniyasi chet el valyutasini 10 000 dollarlik lot bilan xarid qilishga va sotishga pozitsiyalarni ochishni taklif etadiganlardan biridir, u miqdori 100 dollar bo'lgan bitimlarni tuzishga imkon beradi. 1:100 elka 1 dollarga teng bo'lgan garof pulini kiritishni mumkin qiladi, bunda kotirovkani 1 tik o'zgarishi depozitni 1 sent o'zgarishi bilan kuzatiladi.
Kompaniya mijozlari sentli hisob-varaqlarining shartlari bilan mufassalroq "Savdo hisob-varaqlari turlari" bo'limida tanishish mumkin.
InstaForeks-nasihat:
Kredit yelkasining qo'llanilishi FOREXni yuqori yuqori xatarga ega bo'lgan bozorga aylantiradi, shuning uchun professional bo'lmagan treyder depozitning dastlabki o'lchovi uning ikki haftalik daromadidan ortiq bo'lmasligi kerak. Savdo qilish uchun qarzga olingan, shuningdek pensiya jamg'armalarini, o'qitish uchun mablag'lardan foydalanish yoki ko'chmas mulkni va h.k.ni sotib olish mablag'laridan qat'iyan tavsiya etilmaydi. Katta o'lchamdagi ochiq pozitsiyalarga o'tishdan avval ishni endi boshlagan treyder maxsus namoyish hisob-varaqlarida yoki sentli hisob-varag'ida mashq qilib ko'rishi mumkin, bu esa yo'qotishlardan qochishga va tajriba orttirishga imkon beradi.