Parabolic SAR indikatori — "SAR parabolik tizimi" texnik indikatori trend bozorlarini tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan. Indikator narx grafigiga qo'yiladi va agar bozorda "ayiqlar" (Down Trend) ustunlik qilsa, narxdan yuqorida joylashadi va agar "buqalar" (Up Trend) ustunlik qilsa, narxdan pastda joylashadi.
Agar narx Parabolic SAR chizig'i orqali o'tsa, u holda indikator o'z harakati vektorini o'zgartiradi va bunda indikatorning keyingi qiymatlari narxning boshqa tomonida joylashadi. Bunda hisob boshi sifatida o'tgan davr uchun minimal va maksimal narx xizmat qiladi. Indikatorning burilishi trendning tugaganidan va flet boshlanganidan dalolat beradi.
Mazkur indikator bozordan chiqish paytlarini maksimal aniqlikda belgilashga imkon beradi. Narxning indikator chizig'idan pastga tushib ketishi uzun pozitsiyalarining yopilishi to'g'risida signal beradi, narxning indikator chizig'idan yuqoriga ko'tarilishi esa qisqa pozitsiyalarni yopish kerakligidan dalolat beradi. Ko'pincha sirpanuvchi to'xtash (trailing stop) chizig'i sifatida ishtirok etadi.
Parabolik indikatorining qiymati agar uzun pozitsiya ochiq bo'lsa, narx qayoqqa berishidan qat'inazar doim orta boshlaydi. Indikator chizig'ining ko'chishi o'lchami narx harakati kattaligiga ham bog'liq bo'ladi.
Hisoblash
Uzun pozitsiyalar uchun:
SAR (i) = ACCELERATION * (HIGH (i - 1) - SAR (i - 1)) + SAR (i - 1)
Qisqa pozitsiyalar uchun:
SAR (i) = ACCELERATION * (LOW (i - 1) - SAR (i - 1)) - SAR (i - 1)
Bu yerda:
SAR (i - 1) — avvalgi bardagi Parabolic SAR indikatorining qiymati;
ACCELERATION — tezlanish omili;
HIGH (i - 1) — avvalgi davr uchun maksimal narx;
LOW (i - 1) — avvalgi narx uchun minimal narx.
Agar joriy bar narxi buqa bozorida avvalgisidan yuqori bo'lsa va aksincha bo'lsa, u holda indikatorning qiymati ortadi. Bunda tezlanish omili (ACCELERATION) ikki karra ortadi, bu esa Parabolic SAR va narxning qinlashuvini vujudga keltiradi. Boshqacha aytganda, narx qanchalik tez ko'tarilsa yoki pasaysa, indikator narxga shunchalik tex yaqinlashadi.
Команда аналитиков ИнстаФорекс
ГК ИнстаФинтех © 2007-2024