empty
 
 

Valyuta - tovarning qiymatini kattaligini o'lchash uchun mo'ljallangan, mamlakatning hukumati yoki markaziy bank tomonidan chiqarilgan pul muomalasi vositasidir. Turli mamlakatlarning valyutasi likvidligi, ya'ni o'zining nominal qiymatini saqlab qolish qobiliyati bilan farq qiladi.


Valyutani tasniflashning ko'plab variantlari mavjud. Tasniflash omiliga istagan belgi qo'yilishi mumkin, masalan:


Davlat-emitentga nisbatan:


- milliy valyuta - davlat, davlat yoki markaziy bank mazkur davlat hududida emitatsiya qiladigan valyuta;

- chet el valyutasi - muomalada bo'lgan va tegishli chet el davlatida yoki davlatlar gurug'ida qonuniy to'lov vositasi hisoblangan pul belgilari (banknotalar, g'aznachilik biletlari, tangalar), shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, lekin almashtirilishi lozim bo'lgan pul belgilari;

- chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro pul hamda hisob-kitob birliklarida bo'lgan hisob-varaqlaridagi mablag'lar;

- jamoaviy valyuta - davlatlararo iqtisodiy tashkilotlar doirasida xalqaro hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan valyuta, masalan, SDR, avval mavjud bo'lgan EKYu, hozir — yevro.


Boshqa valyutaga almashtirish imkoniyati bo'yicha:


- erkin muomaladagi valyuta - uning uchun mazkur valyutada to'lovlar bo'yicha cheklashlar mavjud emas bo'lgan valyuta;

- qisman muomaladagi valyuta - boshqa valyutalarga almashtirishda cheklangan imkoniyatlarga ega valyuta;

- konvertatsiyalanmaydigan valyuta.


Valyuta kurslariga nisbatan:


- kuchli / qat'iy (ya'ni o'z nominaliga va boshqa valyutalar kursiga barqaror);

- kuchsiz / yumshoq.


Amal qilish muddati bo'yicha:


- doimiy (valyuta kursidagi o'zgarishlar oqibatini bartaraf etadigan almashuv kursi va faoliyatning moliyaviy ko'rsatkichlarini hisoblashda foydalaniladi);

- vaqtincha - amal qilishi vaqt oralig'i bilan cheklangan ma'lum davlat valyutasi yoki shartnomalar va bitimlarning amal qilish muddati davomida shu shartnomalar bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladigan pul birligining nomi.


Foydalanish darajasiga ko'ra:


- zaxiradagi valyuta - chet el valyutasi bo'lib, unda markaziy banklar tashqi savdo operatsiyalari va chet el investitsiyalari bo'yicha xalqaro hisob-kitoblar uchun zaxira to'playdilar va saqlaydilar;

- jahondagi yetakchi valyutalar - to'lik konvertatsiyaga ega va xalqaro hisob-kitoblarda eng ko'p foydalaniladigan ettita asosiy valyuta: AQSh dollari, Yevro, Shveysariya franki, Funt Sterling, Yapon yenasi, Kanada dollari, Avstraliya dollari.


Haqiqiy mavjudligiga ko'ra:


- pul vazifasini bevosita bajaruvchi real valyuta;

- shartli, masalan, EKYu.


Valyutalar funksiyalari:


- pul birligi, tovar va xizmatlarning qiymatini aniqlaydi;

- muomala vositasi, muomalada vositachi sifatida ishtirok etadi, u Tovar - Pul - Tovar formulasi bo'yicha amalga oshiriladi;

- jamg'arish va to'plash vositasi, pul birligi razryadidan ko'chmas mulk (mulk) yoki qimmatli qog'oz (aksiyalar, obligatsiyalar, va h.k.) razryadiga o'tishi mumkin.


Valyutaning ta'rifidan, uni tasnifidan va funksiyalaridan turli mamlakatlarning valyutasi bir birga nisbatan turli xil qiymatga ega va valyuta kursi orqali ifodalanadi.


Valyuta kursu — bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatning pul birligida qimmatbaho metallarida yoki qimmatli qog'ozlarida ifodalanadigan narxi (kotirovkasi)dir.


Valyuta kurslari quyidagi omillar ta'sirida doimiy harakatda bo'ladi:


- Valyuta kurslarining xarid qilish qobiliyatidagi tenglik bir bozordagi ma'lum bir summaning xarid qilish qobiliyati boshqa mamlakat bozoridada shu summaning xarid qilish qobiliyatiga teng ekanligini anglatadi. Agar mazkur summani joriy almashuv kursi bo'yicha chet el valyutasiga o'tkazilsa, binobarin, tovarning qiymati va mamlakat ichida uni ishlab chiqarish harajatlari chet eldagi xuddi shunga o'xshash tovarga nisbatan qancha yuqori bo'lsa, u holda import ulushi eksportga nisbatan shuncha yuqori bo'ladi. Va kutish mumkinki, mamlakat ichida uning tashqarisidagiga qaraganda aynan bitta tovar uchun ancha yuqori darajadagi narx o'rnatiladi, bu esa o'z navbatida chet el valyutasini narxlarini yuqoriga ko'taradi, chunki unga talab ortadi;

- Kapitalning harakati - chet el qimmatli qog'ozlari, bank kreditlari va naqd mablag'lariga talabning ortishi chet el valyutasi qiymatining ortishiga olib keladi;

- Valyutasi bozorda kotirovkaga ega davlatlarning iqtisodiy ko'ratkichlari - mamlakatning iqtisodiy holati to'g'risidagi salbiy yoki ijobiy xususiyatga ega yangiliklar valyutaga bosim ko'rsatadi va uning kursini o'zgartiradi;

- Yirik moliya fondlarining faoliyati - mablag'larni valyuta zaxiralariga investitsiya qilish orqali valyuta kurslari harakatining uzoq muddatli an'analarga jiddiy ta'sir ko'rsatishiga qodir;

- Eksport va importchilarning faoliyati - ularning bozorga ta'sir ko'rsatishi qisqa muddatli hisoblanadi va valyuta kurslarining harakati yo'nalishida global o'zgarishlarning sababi bo'la olmaydi, chunki eksportchilar va importchilar tashqi savdo bitimlari amalga oshiradi, ularning hajmi valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmiga nisbatan juda kamdir;

- Siyosiy arboblarning fikrlari - ma'ruzalar, uchrashuvlar, sammitlar, press-konferensiyalar va h.k.lar vaqtida valyutalar kursining harakatiga ta'sir ko'rsatishga qodir (masalan, foiz stavkalarini navbatdagi muhokamasidan keyin press-konferensiya), bozor esa agar aytiladigan fikrlar uzoq muddatli oqibatlarga ega bo'lsa (masalan, foiz stavkalarini, davlat byudjetini shakllantirish tamoyillarini o'zgartirish imkoniyati), uzoq muddatli trendlarni belgilashga ham qodir. Odatda, bunday chiqishlardan bir oz oldin har holda nimalar aytilishi va bundan so'ng bozor o'zini qanday tutishi mavzusida bashoratlar paydo bo'ladi, chunki chiqishlarning sanasi va vaqti oldindan ma'lum. Ammo ba'zida kutilmagan hodisalar ham yuz beradi, ular bozorda kuchli va oldindan bilib bo'lmaydigan harakatlarga olib keladi;

- Markaziy banklarning faoliyati - davlat valyuta bozoriga markaziy banklar orqali ta'sir ko'ratishga qodir, markaziy banklar esa o'z navbatida valyuta bozoriga tijorat banklari orqali chiqadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va iste'mol qilishini oshirish uchun bevosita va bilvosita tartibga solishdan foydalaniladi. To'g'ridan to'g'ri tartibga solishga tashqi valyuta bozorlaridagi diskont siyosatini va valyuta investitsiyalarini kiritish mumkin (xalqaro bozorda katta hajmdagi valyutani keskin kiritish yoki olib qo'yish bilan bog'liq), bilvosita tartibga solish muomalasidagi pul miqdori orqali inflyatsiya darajasi orqali va h.k. amalga oshiriladi. Markaziy banklarning valyuta bozoriga chiqishi katta hajmdagi investitsiyalar oqibatida valyuta kurslarining katta harakatlari bilan kuzatiladi. Shuningdek, turli mamlakatlarning markaziy banklari valyuta bozorida birgalikdagi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.


Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag`ini ochish
Hisob-varag`ini ochish
Hisob-varag`ini to`ldirish
Hisob-varag`ini to`ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок